09/01/2024

    2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 1236,7 ming taga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning 1-oktabr holatiga solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilar bosh soni - 30,1 ming taga (2,5 %) ko‘paydi. 2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, qo‘y va echkilarning bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami qo‘y va echkilarning 83,5 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.

 

Axborot xizmati