Joriy yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan hamda kelgusida rejalashtirilgan ishlar yuzasidan masofaviy hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi xotin-qizlari ham ishtirok etishdi.
Tadbirni Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Z.Ziyayev statistika tizimida xotin-qizlarning o‘rni va yutuqlari haqidagi nutqi bilan ochib berdi. Shuningdek, tadbirda agentlikning Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Z. Talipova so‘zga chiqib, statistika tizimida yil davomida Xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti tomonidan qilingan ishlar bo‘yicha gapirib, mavzuga doir savollarga javob berdi.Tadbir yakunida yil davomida o‘zini yaxshi ko‘rsatgan bir qator xotin-qizlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Axborot xizmati