Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 1 873 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 500 ta
sanoat sohasida – 566 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 250 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 76 ta
qurilish sohasida – 71 ta
tashish va saqlash sohasida – 51 ta
axborot va aloqa sohasida – 54 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 25 ta
boshqa sohalarda – 280 ta
Axborot xizmati