12/04/2023

     Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari tomonidan hududlarga chiqqan holda, uy-joylarning joylashuvini xaritalar asosida aniqlashtirish, xonadonlarning raqamlanish holatini o‘rganish bo‘yicha manzilli ishlar olib borilmoqda.

Shu jumladan joriy yilning 11- aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi tomonidan Nukus shahar, Taxiatosh tumani va Nukus tumanlari ko‘chalarning nomlanishi, uy-joylarga raqam belgilarining qo‘yilishi yana bir marotaba monitoring qilindi.

Shu bilan bir qatorda aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha  mahallalar bilan hamkorlikda qilinishi zarur bo‘lgan ishlar  mas’ullar ishtirokida muhokama etildi.

 

Axborot xizmati