10/04/2023

    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi aholini ro‘yxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi). Maxsus vakolatli davlat organi: roʼyxatga olish hujjatlari shakllarini, roʼyxatga oluvchi xodimlar guvohnomasi shaklini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; aholini roʼyxatga olish dasturini va roʼyxatga olish varagʼining shakllarini ishlab chiqadi; ro‘yxatga olish varaqlari tayyorlanishini va hududlarga yetkazilishini taʼminlaydi; aholini roʼyxatga olishni oʼtkazish toʼgʼrisida aholini xabardor qilishga doir ishlarni muvofiqlashtiradi; ro‘yxatga oluvchi xodimlarni tanlab olish va oʼqitish tartibini, shuningdek shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish tartibini belgilaydi va ularga ishlov berishni amalga oshiradi; ro‘yxatga olish varaqlari va boshqa roʼyxatga olish hujjatlarining saqlanishi (shu jumladan vaqtincha saqlanishi), yoʼq qilinishi tartibini belgilaydi; roʼyxatga olish varaqlari va boshqa aholini roʼyxatga olish hujjatlarini saqlash va yoʼq qilishni taʼminlaydi.

Axborort xizmati