2023- yil 1- may holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 19,7 mingtaga yetib, 2019- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 146,0 foizni tashkil etdi. Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha bo‘ldi:
Savdo – 33,0 %
Sanoat – 16,9 %
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 14,7 %
Qurilish – 9,5 %
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 5,9 %
Tashish va saqlash – 4,5 %
Axborot va aloqa – 1,8 %
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 1,9 %
Boshqa turlari –11,8 %
Axborot xizmati