24/05/2023

    Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi boʻyicha jami 16,4 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,0 % ni tashkil etdi. Goʻsht yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi  Amudaryo va Ellikqala tumanlari (13,2 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, Beruniy (12,6 %), Tortkul (8,7 %), Chimboy (7,6 %) va Xo‘jayli (6,0 %) tumanlarida ham goʻsht yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.

 

Axborot xizmati