31/05/2023

    Joriy yilning 31- may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi bo’limi boshlig‘i B.Tajibekov, hamda Beruniy tumani statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi N.Abdullaev bilan birgalikda Beruniy tumanida yakka tartibdagi avtotransport xizmati kuzatuvi o‘tkizildi.

Kuzatuv jarayonida yuk tashuvchi shaxsiy avtotransport egalarining soni, bir marta tashishdagi o‘rtacha uzoqligi, bir qatnovdan o‘rtacha tushgan tushum, bir kunda qatnovlar soni, bir oyda ish kunlari  yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazildi.

Axborot xizmati