2023-yilning 1-may holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 12 989 tani, shundan qo‘shma korxonalar 5 057 ta va xorijiy korxonalar 7 932 tani tashkil etdi. Ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
Savdo sohasida – 3 977 ta
Sanoat sohasida – 3 362 ta
Qurilish sohasida – 948 ta
Axborot va aloqa sohasida – 782 ta
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 541 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 480 ta
Tashish va saqlash sohasida – 441 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 186 ta
Boshqa sohalarda – 2 272 ta
Axborot xizmati