19/06/2023

    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023- yilning o‘tgan davrida chakana savdoning ulushi umumiy savdo xizmatlari hajmining qariyb to‘rtdan uch qismini, aniqrog‘i, 76,3 % ni tashkil etdi. 2023- yilning yanvar-aprel oylarida ulgurji savdo xizmatlari ulushi (avtomobil va mototsikl savdosidan tashqari) 16,1 % ga yetdi. Savdo xizmatlari tarkibida eng kam hajmni avtomobil va mototsikllar ulgurji va chakana savdosi (shu jumladan, ularni ta’mirlash) bo‘yicha xizmatlar ulushi (7,6 %) tashkil etdi.

 

Axborot xizmati