22/06/2023

    Joriy yilning 22-iyun kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T.Ganiev Chimboy tumanida xizmat safarida bo‘lib tuman statistika bo‘limi xodimi D.Baltabaeva bilan birgalikda Chimboy tumanida Yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarda 4-Savdo (YaTT) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida mahsulotlarining narxi, tadbirkorlar uchun ajratilgan savdo joylari, bir kunlik sotilgan mahsulot miqdori va hajmi o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi. O‘tkazilayotgan kuzatuvlarni o‘tkazish davrida intervyuerga yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida kuzatuvlarni o‘kazishda nimalarga e’tibor qaratish kerakli yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Axborot xizmati