Joriy yilning 22- iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig’i T.Ganiev, Taxtako‘pir tumanida xizmat safarida bo’lib, tuman statistika bo‘lim boshlig‘i Q.Yembergenov bilan birgalikda Taxtako‘pir tumanida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvida ishtirok etdi.
So‘rovnoma asosida yakka tartibda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlardan olingan ishlab chiqarilgan barcha sanoat mahsulotlari (oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari, sanoat xarakteridagi xizmatlar)ning miqdori va qiymati to‘g‘risida ma’lumotlar planshetlarga qayd etildi.
Axborot xizmati