Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023- yilning yanvar-may oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 75,8 % i to‘g‘ri kelib, 2022- yilning yanvar-may oylariga nisbatan 0,3 % punktga ko‘paygan. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022- yilning yanvar-may oylariga nisbatan 104,0 % ni tashkil etgan holda 1513,8 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.
Axborot xizmati