Joriy yilning 23- iyun kuni Nukus shahar “Shayirlar awili” mahalla fuqarolar yig‘inida Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A.Masheripova hamda Korrupsiya bo‘yicha mas’ul xodim T.Prenovlar tomonidan mahalla faollari hamda tadbirkorlik subyektlariga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati hamda korrupsiya sohasiga oid qonunchilik hujjatlari to’g’risida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining 2023- yil 16- iyun kungi “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘RQ-848-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023- yil 10- iyun kungi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 237-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 10- apreldagi “Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi PQ-118-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarorlarining, shuning bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 31- dekabr kungi “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko’maklashgan shaxslarni rag’batlantirish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 829-sonli Qarorining mazmun-mohiyati to’g’risida tushintirishlar berildi.
O’quv-seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.
Axborot xizmati