09/06/2023

    Joriy yilning 9- iyun kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida Boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish bo’yicha o’quv-seminari tashkil etildi.

    O’quv-seminarda xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi 2023- yil 24- may kungi O‘RQ-844-sonli ham da O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2023- yil 6- may O‘RQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Markaziy osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (green university) faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023- yil 31- may kungi PQ-174-sonli qarorining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari toʻgʻrisida tushuntirib o‘tildi.         

                                                              

    O’quv-seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.

Axborot xizmati