12/07/2023

    2023-yil 1-iyul holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 31 120 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, ular o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 695 taga oshib, o‘sish sur’ati 117,8 foizni tashkil etdi. Ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni yillar kesimida quyidagi ko‘rinishni hosil qildi:

2019-yil – 18 069 ta

2020-yil – 20 440 ta

2021-yil – 24 538 ta

2022-yil – 26 425 ta

2023-yil – 31 120 ta

 

Axborot xizmati