17/07/2023

    Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi boʻyicha jami 81 124 ming dona tuxum olindi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 101,0 % ni tashkil etdi.

Olingan tuxum umumiy hajmining eng yuqori ulushi Amudaryo tumani (16,4 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, Beruniy (13,0 %), Qongirot (10,7 %), ellikqala (10,5 %) va Tortkul (10,1 %) tumanlarida ham tuxum yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.

 

Axborot xizmati