25/07/2023

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- iyul holatiga Respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 20 400 ta bo‘lib, shundan yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 3 578 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi tumanlarda qayd etilgan:

Nukus shahri – 5 303 ta

To‘rtko‘l tumani –2 170 ta

Beruniy tumani – 1 738 ta

Amudaryo tumani –1 693 ta

Ellikqal’a tumani – 1 390 ta

Axborot xizmati