Joriy yilning 4-avgust kuni Nukus shahar "Xaliqlar doslig‘i" mahalla fuqarolar yig‘inida Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti hamda Korrupsiya bo‘yicha mas'ul xodim tomonidan mahalla faollari hamda tadbirkorlik sub’ektlariga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati hamda korrupsiya sohasiga oid qonunchilik hujjatlari to'g'risida tadbir o'tkazildi.
Tadbirda ishtirokchilarga O'zbekiston Respublikasining "Raqobat to'g'risida"gi 2023-yil 3-iyul kungi OʻRQ-850-sonli Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ish haqini natura shaklida to'lashni tartibga solish to'g'risida"gi 2023-yil 13-iyul kungi 286-sonli qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining "Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo'lgan sovg'a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi 2023-yil 11-martdagi 54-sonli buyrug'ining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari to'g'risida tushuntirildi.
Oʻzbekiston Respublikasining "Raqobat to'g'risida"gi Qonunida Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi raqobat sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanishi, Qonunga bir qator yangi, jumladan, monopoliyaga qarshi komplaens tushunchasi kiritilganligi, Raqobat to'g'risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik choralari kuchaytirilganligi haqida aytildi, kun tartibidagi ikkinchi mavzu bo'yicha mehnatga natura shaklida haq to'lanishi qanday tartibda va hollarda mumkunligi va ish haqini natura shaklida to'lash qanday hollarda taqiqlanishi haqida tushuntirildi.
Shundan so'ng, davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo'lgan sovg'a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi haqida ma'lumotlar berildi.
O'quv-seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, o'zlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.
Axborot xizmati