Joriy yilning 4-avgust kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida boshqarma va tuman, shahar statistika bo‘limlari uchun boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish bo’yicha o’quv-seminari tashkil etildi.
O’quv-seminarda xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi 2023-yil 3-iyul kungi OʻRQ-850-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2023-yil 14-iyul kungi 290-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2023-yil 17-iyul kungi OʻRQ-856-sonli Qonunining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari toʻgʻrisida tushuntirib o‘tildi. O’quv-seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.
Axborot xizmati