2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida sigirlarning umumiy bosh soni 345,4 ming taga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2022– yilning 1-iyul holatiga solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda sigirlar bosh soni – 5,3 ming taga (1,5 %) ko‘paydi.
2023- yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, sigirlarning bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami sigirlarning 90,8 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.
Axborot xizmati