11/08/2023

     2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha jami 3 300,2 ming tonna sabzavotlar yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,3 % ni tashkil etdi.

Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilinganda, yetishtirilgan sabzavotlar umumiy hajmining 12,9 % i fermer xoʻjaliklariga, 84,7 % i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga, 2,4 % i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.

Axborot xizmati