18/08/2023

    Joriy yilning 18-avgust kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida boshqarma xodimlari uchun boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish bo’yicha o‘quv-seminari tashkil etildi. O‘quv-seminarda xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasining “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqidagi 2023-yil  9-avgust kungi O‘RQ-861-sonli Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqidagi 2023-yil 9-avgust kungi O‘RQ-862-sonli Qonunining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari toʻgʻrisida tushuntirib o‘tildi. O‘quv-seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.

 

Axborot xizmati