28/08/2023

    Joriy yilning 28 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida xizmatlar kuzatuvlarini oʻtkazish boʻyicha bilimi va ko'nikmasini oshirish maqsadida shahar va tuman statistika bo‘limlari boshliqlari va ma՚sul xodimlari bilan amaliy seminar o'tkazildi. Seminarda planshet orqali oʻtkaziladigan tanlama kuzatuvlarni qat՚iy ravishda belgilangan qoidalar asosida oʻtkazilishi, soʻrovnomalarni chuqur tahlil qilgan holda qayta ishlanishi, ulardagi muammoli holatlar, kamchiliklarni yechimini koʻrsatgan holda oʻz vaqtida kuzatuv natijalarini toʻgʻri va hatosiz toʻldirilishini ta՚minlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

 

Axborot xizmati