28/08/2023

    Joriy yilning 28-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi  Xizmatlar sohasi statistikasi bo’limi boshlig‘ining o'rinbosari А. Mambetova, Nukus shahar statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi А. Fazilova bilan birgalikda Nukus shahrida yakka tartibdagi avtotransport xizmati kuzatuvi o‘tkizildi. Kuzatuv jarayonida yulovchi tashuvchi shaxsiy avtotransport turlari, yo'lovchi sig'imi, bir kunda o'rtacha tashilgan yo'lovchilar soni, bir kunlik tushum, bir oyda ish kunlari soni, yo'lovchilarni bir kunda tashishning o'rtacha uzoqligi yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazildi.

Axborot xizmati