Joriy yilning 23- avgust kuni Nukus shahar “Xaliqlar doslig‘i” mahalla fuqarolar yig‘inida Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti hamda Korrupsiya bo‘yicha mas’ul xodim tomonidan mahalla faollari hamda tadbirkorlik subyektlariga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati hamda korrupsiya sohasiga oid qonunchilik hujjatlari to‘g‘risida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi 2023- yil 8- avgust kungi O‘RQ-860-sonli Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi 2023- yil 18- avgust kungi O‘RQ-863-sonli Qonunining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari toʻgʻrisida ma’lumotlar berildi. O‘quv-seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.
Axborot xizmati