22/09/2023

    Joriy yilning 21-sentabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti hamda Korrupsiya bo‘yicha mas’ul xodimlari  tomonidan Nukus shahari 33-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida  o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari ishtirokida seminar o‘tkazildi.  

    Seminarda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining  “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonuni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko’maklashgan shaxslarni rag’batlantirish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarorining mazmun-mohiyati to’g’risida tushintirishlar berildi.

    Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari to‘g‘risida tushuntirib o‘tildi. O‘quv-seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.

Axborot xizmati