06/11/2023

    Joriy yilning 6-noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida boshqarma xodimlari uchun yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini va ahamiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda bosh qonunimizning o‘ziga xos xususiyatlari, avvalgi Konstitutsiyadan farqli tomonlari haqida so‘z yuritildi.

Shuning bilan biraga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining  VII-bobida belgilangan “Shaxsiy huquq va erkinliklari” haqida alohida to‘xtab o‘tilib,  inson huquqlariga oid eng muhim kafolatlari haqida tushuntirildi.

Seminar so‘nggida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Axborot xizmati