Joriy yilning 28-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun Boshqarma bosh yuriskonsulti A.Masheripova tomonidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.
Seminarda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda Oʼzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi va Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari togrisida”gi Qonunlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.
Shuning bilan birga, seminar yakunida Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini yanada oshirish uchun tayyorlangan turli mavzudagi videoroliklar taqdim etildi.
O’quv-seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.
Axborot xizmati