2023-yilning 5-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi.
Mazkur tadbir 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida tashkil etildi.
Tadbirda Statistika agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshligʻi Botir Melikmurotov soʻzga chiqdi.
“Ochiq eshiklar kuni” tadbirida Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida keng tushuncha berildi.
Tadbir davomida barcha ishtirokchilarga korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan koʻrgazmali tarqatma materiallar tarqatildi.
Ishtirokchilarni Statistika agentligi faoliyati va tarixiy rivojlanish bosqichlari bilan yaqindan xabardor qilish maqsadida agentlikda tashkil etilgan “Statistika muzeyi” bilan tanishtirildi.
Axborot xizmati