Joriy yilning 27-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Toshkent Moliya institutida master-klass tashkil qilindi.
Master-klass Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshligʻi Z.T. Yuldoshev tomonidan “Oʻzbekistonda aholi demografiyasi, aholini roʻyxatga olishning dolzarb masalalari” mavzusida olib borildi.
Tadbir davomida mamlakatimizda aholining joriy hisobi yuritilishi, demografik koʻrsatkichlarning shakllantirilishi, aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha amalga oshirilgan va kelgusida rejalashtirilgan ishlar yuzasidan maʻruza qilindi.
Institutning pedagog xodimlari mavzu boʻyicha yangi bilimlarga ega boʻlib, oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob olishdi.
Axborot xizmati