25/01/2024

    2023-yil yakunlari boʻyicha yillik 1-kb shakli, 1-fx shakli hamda 1-mehnat shakli statistika hisobotlarini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlariga hisobotlarini taqdim etishda uslubiy yordam berish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan “On-line” muloqot tashkil etiladi.

“Оn-line” muloqotda 1-kb shakli, 1-fx shakli hamda 1-mehnat shakli hisobotlarining har bir boʻlimi, ulardagi koʻrsatkichlar boʻyicha savollarga javob beriladi.

O‘z navbatida, “On-line” muloqotlar Statistika agentligining https://stat.uz rasmiy sayti hamda “STATISTIKA” telegram kanalida

(havola https://t.me/statistika_rasmiy) 2024-yilning 29-yanvaridan 27-fevral kuniga qadar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 10:00 dan 11:30 ga qadar tashkil etiladi.

Eslatib oʻtamiz, 1- mehnat shakli statistika hisobotini taqdim etish muddati 2024-yilning 1-fevral sanasida hamda 1- kb shakli va 1- fx shakli statistika hisobotlarini taqdim etish muddati 2024-yilning 27-fevral sanasida yakunlanadi.

“On-line” muloqotlarda faol ishtirok eting!

 Axborot xizmati