2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida asosiy kapitalga investitsiyalar 11,9 trln. soʻm oʻzlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 7,1 trln. soʻmni va jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 59,9 % ini tashkil etgan. Mashina, asbob-uskuna va xoʻjalik inventarlarini sotib olishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi 3,9 trln. soʻmni (jami investitsiyalardagi ulushi 32,7 %) hamda boshqa xarajatlar 0,9 trln. soʻmni (7,4 %) tashkil etgan.
Axborot xizmati