14/02/2024

    Joriy yilning 13-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani kichik tadbirkolik subyektlari buxgalterlariga 1-KB (yillik) “Mikrofirma va kichik korxonalar” hamda 1-FX (yillik) “Fermer xo‘jaliklari” faoliyati to‘g‘risidagi davlat statistika hisobotini o‘z vaqtida va sifatli taqdim etish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktorining o‘rinbosari Xudoyqulov Qahramon Abdug‘apporovich va Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining malakali mutaxassislari tomonidan yillik davlat statistika hisobotlarini o‘z vaqtida, to‘g‘ri to‘ldirish va sifatli taqdim etish, mavjud kamchiliklarni muhokama qilinib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif, uslubiy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Seminarlar davomida ishtirokchilar E-Stat 4.0 elektron dasturidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan ham batafsil tanishtirildi.

Axborot xizmati