14/02/2024

    Joriy yilning 14-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida kichik tadbirkolik subyektlari buxgalterlariga 1-KB (yillik) “Mikrofirma va kichik korxonalar” hamda 1-FX (yillik) “Fermer xo‘jaliklari” faoliyati to‘g‘risidagi davlat statistika hisobotini o‘z vaqtida va sifatli taqdim etish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

 

Seminarda statistika boshqarmasining malakali mutaxassislari tomonidan yillik davlat statistika hisobotlarini o‘z vaqtida, to‘g‘ri to‘ldirish va sifatli taqdim etish, mavjud kamchiliklarni muhokama qilinib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif, uslubiy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Seminarlar davomida ishtirokchilar E-Stat 4.0 elektron dasturidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan ham batafsil tanishtirildi.

Axborot xizmati