16/02/2024

     Joriy yilning 16-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

    Seminarda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-fevral kungi O‘RQ-905-sonli “Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi  Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevral kungi PQ-66-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasini Kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.

     Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Axborot xizmati