28/02/2024

    Joriy yilning 27-fevral kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Bekmuratov Taxiatosh tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi G. Karabayev bilan birgalikda tumanda yakka tartibdagi avtotransport xizmati kuzatuvi o‘tkizildi. Kuzatuv jarayonida yulovchi tashuvchi shaxsiy avtotransport turlari, yo'lovchi sig'imi, bir kunda o'rtacha tashilgan yo'lovchilar soni, bir kunlik tushum, bir oyda ish kunlari soni, yo'lovchilarni bir kunda tashishning o'rtacha uzoqligi, yuk tashuvchi shaxsiy avtotransport egalarining soni, bir marta tashishdagi o‘rtacha uzoqligi, bir qatnovdan o‘rtacha tushgan tushum, bir kunda qatnovlar soni, bir oyda ish kunlari  yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazildi.

Axborot xizmati