27/02/2024

    Joriy yilning 27-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasinda "O‘zkomnazorat" inspeksiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy bo‘limi mutaxassislari ishtirokida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Boshqarmaning tegishli bo'limlari va mutaxassislari ishtirok etishdi. Tadbirda ishtirokchilarga axborot xavfsizligi haqida ma’tumotlar berildi. Xususan, axborot xavfsizligi, kiber hujum, kiber xavfsizlik obyekti va kiber himoya masalalari va oldini olish bo‘yicha matumotlar berildi.

Axborot xizmati