23/02/2024

    Joriy yilning 23-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikаsining “To‘lovgа qobiliyatsizlik to‘g‘risidа»gi O‘zbekiston Respublikаsi Qonuni qаbul qilingаnligi munosаbаti bilаn O‘zbekiston Respublikаsining аyrim qonun hujjаtlаrigа o‘zgаrtirish vа qo‘shimchаlаr kiritish hаqidа”gi 2024-yil 21-fevral kungi OʻRQ-911-sonli Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.

Ushbu Qonunda jismoniy shaxs pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga va soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmasa, sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkinligi hamda jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topishning asoslari, tartibi va oqibatlari belgilanganligi haqida tushuntirishlar berildi.

Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Axborot xizmati