Joriy yilning 4-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliqqa oid ayrim huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini maqbullashtirish to‘g‘risida”gi 2024-yil 26-fevral kungi PF-39-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2024-yil 26-fevral kungi PQ-87-sonli Qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.
Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Axborot xizmati