07/03/2024

     Joriy yilning 7 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i Ganiev Temirbay Turg‘anbaxievich dilbar opa-singillarni 8 mart bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Ayollarning jamiyatdagi wrnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida davlatimiz tomonidan yuksak etibor qaratilayotganligini takidlab wtdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi tizimida o‘zining bor kuch-salohiyati, bilim va tajribasini ayamay fidokorona mehnat qilib, soha rivojlanishiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh xotin-qizlarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari berildi.

Shundan so‘ng, aziz ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Go‘zal va betakror, sevgi-muhabbat va sadoqat timsoli bo‘lgan ayollarga sihat-salomatlik, bahoriy kayfiyat, baxt-saodat, xonadonlarida tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka doimiy hamroh bo‘lsin!

Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin aziz ayollar, qadrli opa-singillar!

 Samimiy va cheksiz hurmat ila,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi mehnat jamoasi