13/03/2024

    Joriy yilning 11-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 3–6-mart kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti UNIСEF hamkorligida tashkil etilgan bolalar statistikasi bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi, shu jumladan TransMoneEE yillik sessiyasi natijalari boʻyicha taqdimot oʻtkazdi.

 

Ushbu tadbirda xalqaro konferensiyada qatnashgan Statistika agentligining Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshligʻi Qirgʻizov Dilshodbek Erkinbaevich va Barqaror rivojlanish va ijtimoiy soha tarmoqlari statistikasi boʻyicha yigʻma tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish bo‘limi boshligʻi oʻrinbosari Aleshunina Olga Vladimirovna bolalar statistikasi, shu jumladan yillik TransMonEE sessiyasi yuzasidan taqdimot qildilar.

Taqdimotda bolalar statistikasi bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishida va TransMonEE sessiyasida ko‘rib chiqilgan bolalar statistikasiga oid ma’lumotlarini yig‘ishning innovatsion yondashuvlari va bolalar manfaatlari yo‘lida taraqqiyotni baholash ko‘rsatkichlari taqdim etildi.

Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Axborot xizmati