18/03/2024

    2024-yil 1-mart holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 32 703 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, ular o‘tgan yilning mos davriga nisbatan  3 786 taga oshib, o‘sish sur’ati 113,1 foizni tashkil etdi.Ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni yillar kesimida quyidagi ko‘rinishni hosil qildi:

2020-yil – 19 362 ta

2021-yil – 23 364 ta

2022-yil – 25 365 ta

2023-yil – 28 917 ta

2024-yil – 32 703 ta

 

Axborot xizmati