26/03/2024

    2024-yilning 18–20-mart kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Ekologik-iqtisodiy hisob tizimini joriy etish bo‘yicha to‘qqizinchi seminar bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu tadbir Avstraliya, Kanada, Estoniya, Finlandiya, Germaniya, Niderlandiya, Shvetsiya va Qo‘shma Shtatlarning Milliy statistika idoralari hamda Yevrostat, XVF, UNEP, UNSD, OECD va UNECE kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etildi.

    Yig‘ilishda Yevropa va MDH davlatlarining Milliy statistika idoralari, atrof-muhitni muhofaza qilish, qishloq xo‘jaligi, moliya vazirliklari hamda Yevrostat, XVF, UNEP, UNSD, OECD va UNECE kabi xalqaro tashkilotlar ekspertlari qatnashdi.

    Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi Qishloq xo‘jaligi statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Dehkanova Nigora ishtirok etdi.

    Tadbirning asosiy maqsadi, Ekologik-iqtisodiy hisob tizimini ishlab chiqish va foydalanish bo‘yicha tajriba almashish, aylanma iqtisodiyotni o‘lchash hamda mamlakatlarni Ekologik-iqtisodiy hisob tizimi bilan aylanma iqtisodiyotni boshqarish va unga o‘tish davrini baholashda qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro tashkilotlarning kelgusidagi faoliyatini belgilash, shuningdek, tegishli tasniflagichlarni yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rsatish, iqlim o‘zgarishiga moslashishda joriy amaliyotda Ekologik-iqtisodiy hisob tizimidan foydalanishni aniqlash va tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.