28/03/2024

    Joriy yilning 27-mart kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T.Ganiev Taxtako'pir tumanida xizmat safarida bo‘lib tuman statistika bo‘limi xodimi D.Asenov bilan birgalikda Taxtako'pir tumanida Yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarda 4-Savdo (YaTT) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi.  Kuzatuv jarayonida mahsulotlarining narxi, tadbirkorlar uchun ajratilgan savdo joylari, bir kunlik sotilgan mahsulot miqdori va hajmi o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi. O‘tkazilayotgan kuzatuvlarni o‘tkazish davrida intervyuerga yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida kuzatuvlarni o‘kazishda nimalarga e’tibor qaratish kerakli yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

 

Axborot xizmati