20/03/2024

     Joriy yilning 20-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga xalqaro platformalar orqali raqamli texnologiyalar sohasida xizmatlar ko‘rsatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 15-mart kungi   PQ-129-sonli qarorining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari to‘g‘risida tushuntirilib, qarorga ko‘ra, huquqiy eksperiment tariqasida raqamlashtirish sohasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha eksport shartnomaviy hujjatlarni xalqaro platformalarda rasmiylashtirilishiga ruxsat berilishi hamda raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksporti bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirish ruxsat etiladigan xalqaro platformalar ro’yxati Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan tasdiqlanishi haqida eshittirildi. 

Shuning bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish  chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-jıl 4-mart kungi PQ-114-sonli qarorida belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari haqida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining tashkiliy tuzilmasi to‘g‘risida tushuntirildi. Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Axborot xizmati