01/04/2024

    Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikada yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 14 142,4 ming boshga yetdi, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 102,1 % ni tashkil etdi. Yirik shoxli qoramollar umumiy bosh sonining eng yuqori ulushi Samarqand viloyati (12,3 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, Qashqadaryo (12,2 %) va Buxoro (9,6 %) viloyatlarida ham yirik shoxli qoramollar bosh sonining yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.

 Axborot xizmati