01/04/2024

    Boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – minerallar asosida mahsulotlar ishlab chiqarishga tegishli boʻlgan ishlab chiqarish turlarini oʻz ichiga olib, shisha va shishadan mahsulotlar, keramik buyumlar, polga oʻrnatiladigan qoplamalar, kafel, cherepitsa, terrakota buyumlar, sement va xomashyodan tayyor mahsulotgacha ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi. 2024-yilning yanvar-fevral oylari yakunlariga ko‘ra, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 3,0% ni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 19,4 % ga o‘sdi va ishlab chiqarish hajmi 75,9 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

 

Axborot xizmati