09/04/2024

    Joriy yilning 9-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida «Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingaligining 31 yilligi» va Ramazon hayiti munosabati bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    Seminarni Boshqarma boshlig‘i T.Ganiev ochib berdi hamda barcha xodimlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingaligining 31 yilligi munosabati bilan va Ramazon hayiti bilan tabrikladi. So‘ng so‘zni boshqarma bosh yuriskonsulti A.Masheripovaga berdi.

    A.Masheripova tomonidan  Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari, fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari, burchlari, Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi va kiritilgan o‘zgarishlarning  mazmun-mohiyatiga haqida tushuntirildi.

    Yig‘ilish so‘nggida ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.

 Axborot xizmati