17/04/2024

    Joriy yilning 16-aprel kuni “InterContinental Tashkent” mehmonxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qoʻmitasi hamda YEXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda inklyuziv boshqaruv va qarorlar qabul qilish yoʻlida ochiq gender maʼlumotlarini takomillashtirish boʻyicha xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qoʻmitasi, YEXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Xalqaro tashkilotlar vakillari, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi vakillari hamda soha boʻyicha bir qator tashkilotlar ekspertlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishdan koʻzlangan maqsad, Oʻzbekistondagi milliy manfaatdor tomonlarning inklyuziv boshqaruv, adolatli rivojlanish va axborot siyosatini ishlab chiqishda ochiq gender maʼlumotlarining ahamiyati haqida xabardorligini oshirishga qaratilaganligi,  gender maʼlumotlarini toʻplash, tahlil qilish va tarqatishni takomillashtirish boʻyicha xalqaro va milliy kontekstdagi ilgʻor tajriba ulashish orqali bilim almashinuviga koʻmaklashishdan iborat.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil  7-martdagi PQ-4235-son qarori bilan “Gender.stat.uz” veb-saytiga joylashtirilishi lozim boʻlgan minimal gender koʻrsatkichlar va boshqa maʼlumotlar roʻyxati hamda Oliy Majlis Senatining 2021-yil 28-maydagi SQ-297-IV-son qarori bilan 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining 61 ta maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlangani alohida ta’kidlandi.

Seminar yakunida ekspertlar mavzuga doir savollarga atroflicha javob berishdi.

Axborot xizmati